Ishonch telefoni:
(+99871) 123 45 67
Elektron pochta:
info@tibbiysugurta.uz

DTSJ xodimlari tibbiyot muassasalarida

Tibbiy sug'urta sayti > Yangiliklar > News > DTSJ xodimlari tibbiyot muassasalarida

DTSJ xodimlari Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Boyovut, Guliston tumanlari va Guliston shahridagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, 1-iyuldan 25-noyabrgacha bo‘lgan muddatda fuqarolardan tushgan murojaatlarni o‘rgandi.

Ushbu muddatlarda turli masalalarda 316 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shulardan 20 ta murojaat tibbiyot xodimlari muomalasi va ishidan noroziligi yuzasidan bo‘lgan.

Misol uchun, Guliston shahar tibbiyot birlashmasiga joriy yilning 1-iyuldan 25-noyabrgacha bo‘lgan muddatda 129 ta murojaat tushgan. Shundan 13tasi nogironlik nafaqasi uchun bo‘lsa, 5tasi jarrohlik amaliyoti o‘tash uchun, 38tasi qo‘shimcha dori-darmon so‘rab yozilgan. 

Shuningdek, tibbiyot birlashmasiga ishga kirish uchun 12 ta ariza va tibbiyot xodimlari ustidan 5ta shikoyat tushgan.