Sog‘liqni saqlash tizimida davlat boshqaruvini takomillashtirish, birlamchi bo‘g‘inni kasalliklarni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylantirish, raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish, coha rivojlanishining yaqin va uzoq muddatli istiqbollarini belgilash, tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini tubdan yaxshilash, raqobat va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, tibbiyot xodimlarining bilimini oshirish, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish maqsadida:
- Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatining asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilash va quyidagi yangi boshqaruv tizimini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
- a) sog‘liqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev:
vazirlik tizimi va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ular ishini samarali tashkil etishini ta’minlaydi, yuklatilgan vazifalar va funksiyalar to‘liq bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, mazkur tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;