Ko'p so'raladigan savol-javoblar

Hozirgi vaqtda “Xalqlar Do’stligi Universiteti”da quyidagi mutaxassisliklar mavjud:

  • Maktabgacha ta’lim
  • Kompyuter injenering
  • Maktabgacha ta’lim
  • Boshlang’ich ta’lim
  • Davolash ishi
  • Xorijiy til (ingliz)
  • Stomotologiya
  • Tarix
  • Iqtisodiyot

Ha, 2024-yil sentyabrdan boshlab Xalqlar Do’stligi Universitetida ikkinchi mutaxassislik bo’yicha o’qishni xohlagan talabgorlar boshqa kollej/litsey/maktabni tugatgan abituriyentlar singari belgilangan tartib asosida qabul jarayonlarida ishtirok etishadi.

Yo’q, onlayn hujjat topshirish vaqtida diplomning skaner variantini yuklash kerak. Talabalikka tavsiya etilganlardan asl nusxasini olib kelish so’raladi.

Universitetga kirish jarayonlarida abituriyentlar uchun xorijiy til bilish bo’yicha hech qanday talab qo’yilmaydi. Ammo IELTS 5,5 yoki CEFR B1 darajaga ega bo’lganlar kirish imtihonlarisiz universitetga qabul qilinadi. 

2024-o’quv yili uchun “Xalqlar Do’stligi Universiteti”ga talabalar test asosida qabul qilinadi.

 Imtihon sanalari va vaqtlari abituriyentlarning soniga qarab, o’zgarishi mumkin. O’zgarishlardan xabardor bo’lish uchun Universitet veb-sahifasi va ijtimoiy tarmoq sahifalarini doimiy tekshirib turishni unutmang. 

Abituriyentlar Universitetning rasmiy veb-sahifasi orqali onlayn tarzda hujjat topshiradilar:
https://#

Kirish imtihonining umumiy natijalari hisoblanib, javoblar har bir abituriyentning ro’yxatdan o’tgan raqamiga SMS ko’rinishida yuboriladi. 

Hujjatlar imtihon va suhbat o’tgandan so’ng qabul qilinadi:
– Passport;
– Kollej/litsey diplomi yoki maktab attestati
– 3.5×4.5 rasm (oq, tiniq fonda va oxirgi 3 oy ichida olingan bo’lishi kerak).
Barcha hujjatlar skaner variantda, pdf va jpg formatda bo’lishi shart.

“Xalqlar Do’stligi Universiteti” bitiruvchilari o’zlarining yuqori malakasi va xorijiy tillardagi bilim darajasi bilan chet el mamlakatlaridagi kompaniyalarda ishlashi mumkin. Biroq universitet o’z kuchini O’zbekiston iqtisodiyoti uchun kuchli malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo’naltiradi va talabalarni chet davlatlarda ishlashga unday olmaydi. Oliy ma’lumotli hamda professional kadrlarga doimo talab katta va o’z mamlakatlaridan chiqmagan holda yuqori maoshli ishlarda ishlashlari mumkin.

“Xalqlar Do’stligi Universiteti”da ta’lim tili sifatida o’zbek yoki rus tilini tanlashingiz mumkin.

Ha. Xalqlar Do’stligi Universiteti bitiruvchilari davlat OTM lari bilan bir xil darajadagi diplomga ega bo’ladilar.

Ha, albatta. Siz xalqaro talaba sifatida hujjat topshirishingiz mumkin. Biroq qabul jarayoni mahalliy abituriyentlarniki bilan bir tartibda amalga oshiriladi.